Forbes AQShning eng badavlat va omadli ayollari reytingini e'lon qildi

Jahon 11:45 / 02.06.2016 12901

Forbes jurnali barchasiga o‘z kuchi bilan erishgan AQShning eng boy va omadli ayollari ro‘yxatini e'lon qildi.  

Reytingning birinchi pog‘onasini ABC Supply kompaniyasi rahbari Dayana Hendriks zabt etdi. Uning boyligi 4,9 mlrd dollarga baholangan.

Teleboshlovchi Opra Uinfri esa avvalgi natijalarga nisbatan uch pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, joriy yilda ikkinchi o‘rinni egallagan.

AQShning eng boy va omadli ayollari ro‘yxatida Facebook’ning bosh operatsion direktori Sheril Sendberg (1,4 mlrd dollar), NYX brendini  L’Oreal'ga 500 million dollarga sotgan Toni Ko, Vera Bradley sumka va aksessuarlar asoschilari Patritsiya Miller va Barbara Bredlini ham ko‘rish mumkin. Qo‘shni va yaqin dugona bo‘lgan bu ikki ayol turmush o‘rtog‘idan sarmoya olib, o‘z loyihasini amalga oshirgan. Hozirda Vera Bradley bir yilda butun dunyo bo‘ylab yarim milliardga yaqin sumkalarni sotadi. 

Shuningdek, reytingning eng yosh ishtirokchisi 26 yoshli Teylor Svift bo‘ldi. Xonanda mazkur ro‘yxatdan 1989 deb nomlangan muvaffaqiyatli gastroli tufayli joy oldi. Uning moliyaviy holati 250 mln dollarni tashkil etadi.

Reytingdan ilk marotaba aktrisa Jyessika Alba ham o‘rin egallagan. Eng boy va omadli qo‘shiqchilar orasida Madonna (560 million dollar), Selin Dion (370 million dollar), Barbara Streyzand (370 million dollar), Beyonse (265 million dollar) ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: