Eron neft qazib olish hajmini kamaytirishga va'da berishdan bosh tortdi

Iqtisodiyot 06:34 / 02.06.2016 3614

Eron o‘z zimmasiga neft qazib olish hajmining o‘sishini to‘xtatish bo‘yicha majburiyatlarni olmaydi, deb xabar bermoqda Eronning OPeKdagi vakili Mexdi Asaliyga iqtibos keltirgan holda IRNA axborot agentligi.

Asaliy shu bilan birga Eron OPeKning bozorda adolatli va mantiqan to‘g‘ri narx o‘rnatish qarorini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlab o‘tdi.

Uning aytishicha, 2 iyunda OPeK yig‘ilishining kun tartibiga neft bozoridagi vaziyatni sharhlash, neft qazib olish darajasi haqidagi qarorning qabul qilinishi, tashkilotning yangi bosh kotibini tanlash masalalari kiritilgan.

Asaliy Eronning sessiyadagi pozitsiyasi yetarlicha aniq bo‘lishini aytdi: OPeK a'zolari Eronning bir necha yillik sanksiyalardan keyingi holati va uning neft qazib olish hajmini sanksiyalargacha bo‘lgan darajagacha tiklashga urinishlarini to‘g‘ri tushunishlari lozim.

Avvalroq Eron avgust boshiga neft qazib olish hajmini sanksiyalargacha bo‘lgan darajagacha, ya'ni kuniga 2,2 mln barrelga yetkazishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi. Ayni vaqtda mamlakat kuniga 2 mln barrel neft va gazkondensat eksport qilmoqda. Shu bilan birga, Xalqaro energetik agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Eron sanksiyalar kiritilguncha kuniga 3,5-3,7 mln barrel neft olgan.

Bundan avvalroq Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak neft qazib olish hajmini muzlatish g‘oyasi o‘zining dolzarbligini yo‘qotganini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: