«Borussiya D» Gundo‘g‘an keyingi mavsumda APLda o‘ynashini rasman ma'lum qildi

Sport 14:30 / 02.06.2016 3390

«Borussiya D» jamoasi yarim himoyachisi Ilkay Gundo‘g‘an yangi mavsumda Angliya chempionatida o‘ynay boshlaydi. Jamoa rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, futbolchi «Manchester Siti»ga transfer qilingan.

Tomonlar Germaniya terma jamoasi o‘yinchisining transferi borasida kelishuvga erishishgan. Transfer summasi 26 million yevroni tashkil qiladi. Futbolchi «Manchester Siti» safida muvaffaqiyatli o‘ynasa, ushbu summa miqdori yana 3 million yevroga oshadi.

25 yoshli futbolchi yaqinda tizzasidan operatsiya qilindi. Shunga qaramay, «Manchester Siti» rahbariyati o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qilgan. May oyidagi mashg‘ulotlarning birida Gundo‘g‘anning tizzasi qopqog‘i chiqib ketgandi. Shu bois, u Yevro-2016 turnirini o‘tkazib yuboradi va yangi mavsumning boshida maydonga tusha olmaydi. 

«Manchester Siti» murabbiylar shtabi futbolchining to‘liq sog‘ayib ketishiga hamda uning Xosep Gvardiola jamoasida asosiy futbolchilardan biriga aylanishiga ishonmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: