AQShlik buva yanglishib, boshlang‘ich maktabdan boshqa bolani uyga olib keldi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Janubiy Karolinalik Jozef Fuller 19 may kuni Orinjburg okrugida joylashgan maktablardan biriga yo‘l oldi. U bir bolakayga yaqinlashdi, uni nabirasi deb o‘yladi va quchib oldi.
Fuller unga “uyga ketmizmi?”, deya savol berganida, bolakay tasdiq javobini bergan. Maktab o‘qituvchsi sherif yordamchisiga bergan ma'lumotiga ko‘ra, u boladan erkakning rostan buvasimi yo‘qmi, ekanligini so‘ragan va tasdiq javobini olgan.
Fuller yanglishganini “nabira”sini uyga olib kelgandagina angladi va uni yana qaytarib maktabga olib bordi va uzr so‘radi.