Air Astana mijozlarni Bishkekdan Issiq-Ko‘lgacha bepul yetkazib qo‘yadi

Iqtisodiyot 23:15 / 02.06.2016 6121

Air Astana aviakompaniyasi Bishkekdagi "Manas" aeroporti va Issiq-Ko‘ldagi Cho‘lpon-ota shahri o‘rtasida bepul transfer tashkil qildi. Bu haqda aviakompaniyaga iqtibos keltirgan holda "Novosti-Kazaxstan" axborot agentligi xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, ushbu xizmatdan aviakompaniyaning 8 iyundan 8 sentabrgacha Ostona-Bishkek reysi bo‘yicha uchuvchi barcha yo‘lovchilari foydalana olishadi.

Issiq-Ko‘l ko‘ligacha va orqaga bepul yetkazib qo‘yish bir haftada uch marta shinam avtobusda amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar "Manas" aeroportiga kelganlaridan keyin ularni aviakompaniya vakili kutib oladi va ularni Cho‘lpon-otagacha yetkazib qo‘yadigan avtobusga olib boradi.

Qirg‘izistonda rasman sayyohlik mavsumi 7 may kunidan boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: