Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zosi A.Usmanovning tashabbusi bilan 1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda harbiy xizmatchilar, ularning oila a'zolari, mahalliy davlat boshqaruvi organlarining mas'ul xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Ma'naviy-ma'rifiy tadbirda harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarini yaqinlashib kelayotgan eng ulug‘ va eng aziz bayram – mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi ayyomi bilan hamda bolajonlarni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan samimiy tabriklashdi.
Shuningdek, ma'ruzachilar tomonidan mudofaa sohasida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun mohiyati hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar yetkazildi.