Valio Rossiya sanksiyalari sabab butun bir zavodini yopadigan bo‘ldi

Iqtisodiyot 18:19 / 01.06.2016 7336

Finlyandiyaning sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Valio kompaniyasi mamlakat janubida joylashgan Tamper shahridagi zavodini 2014 yilda kiritilgan Rossiya sanksiyalari sabab yopadigan hamda 50 nafar xodimini ishdan bo‘shatadigan bo‘ldi.

Ma'lum qilinishicha, so‘nggi ikki yil ichida sut mahsulotlari sotuvi hamda ularning eksporti keskin tushib ketgan. Bir yil oldin ham zavod o‘zining 70 nafar xodimini ishdan bo‘shatgan hamda sut mahsulotlari ishlab chiqarishni kamaytirgan edi. Kompaniya maxsus sut va xonaki pishloq ishlab chiqarayotgan edi, ammo bugunga kelib u faoliyatini butunlay to‘xtatadigan bo‘ldi.

2015 yilning iyun oyida Valio 300 nafardan ziyod xodimini bo‘shatganini ma'lum qilgan edi. Umumiy miqdorda kompaniya xodimlari 3500 kishini tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: