Joriy yilning 2 iyun kuni Turkiya va Yevropa Ittifoqining texnik guruhi vizali tizimni bekor qilish masalasi bo‘yicha texnik muzokarani boshlaydi, deb xabar bermoqda Reuters.
Bu haqda Bryusselda o‘tgan matbuot anjumanida YeI masalalari bo‘yicha vazir Umar Chelik gapirib o‘tgan.
Uning ta'kidlashicha, muzokaralar kun tartibiga muhojirlar masalasi hamda turkiyalik fuqarolar uchun viza tizimini yengillashtirish masalalari kiritilgan.