Samarqandda o‘tgan tadbirda ma'nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalashda ijtimoiy sheriklikni yanada kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston 09:25 / 01.06.2016 3655

Joriy yilning 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan Samarqand shahrida tadbir tashkil etildi. Tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha Jamoat komissiyalari hamda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga uslubiy yordam ko‘rsatishga bag‘ishlandi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida jamoat fondi, O‘zNNTMA, O‘zbekiston NNTlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondi, FJShMQMI, Adliya vazirligi, Samarqand viloyat xokimligi tomonidan tashkil etildi.

Jamoat komissiyasining yig‘ilishida jismonan sog‘lom, ma'nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalashda ijtimoiy sheriklikni yanada kuchaytirish va sohaga fuqarolik jamiyati institutlari grant loyihalarini keng jalb qilishning istiqbolli yo‘nalishlari, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishda NNT va davlat tashkilotlarining o‘zaro ijtimoiy sherikligi hamda davlat grantlari bilan qo‘llab-quvvatlashning dolzarb vazifalari yuzasidan masalalar muhokama qilindi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat Fondi tomonidan moliyalashtirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida “Hududiy NNTlari faoliyati samaradorligini oshirish orqali davlat dasturlarida belgilangan vazifalarini bajarishda ijtimoiy sheriklik munosabatlari mexanizmi va shakllarini yanada takomillashtirish” mavzusida seminar – trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-trening davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat Fondi tomonidan o‘tkazilgan davlat grantining 

1- va 2- tanlovlarida Samarqand viloyatidan g‘olib bo‘lgan loyihalarning taqdimoti hamda ularga davlat granti sertifikatlarini topshirish marosimi o‘tkazildi.

Shuningdek, joriy yilning 10 mayidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Jamoat Fondi tomonidan e'lon qilingan 3- va 4- davlat granti tanlovlarining mavzulari hamda yo‘nalishlari to‘g‘risida NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga keng tushuntirishlar berildi. Mazkur grant tanlovlari NNT va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarga yechim topishdagi moliyaviy negizga aylanishi va bu boradagi ishlarni yanada jonlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi

Ko‘proq yangiliklar: