Rossiya moliyaviy tashkilotlaridan 1,7 milliard rubl atrofida mablag‘ o‘marganlikda gumonlanib mamlakatning 15 ta mintaqasidan taxminan 50 nafar odam hibsga olindi. Bu haqda Federal qidiruv byurosi jamoatchilik aloqalari markazi ma'lumotiga tayanib RIA Novosti xabar qildi.
“Rossiya Federal qidiruv byurosi Ichki ishlar vazirligi bilan birga kopyuter zararli dasturini ishlab chiqish, tarqatish va foydalanishga aloqador xakerlar guruhi faoliyatini fosh etdi. Ushbu dastur yordamida jinoyatchilar Rossiya moliya tashkilotlaridan 1 milliard 700 million rubldan ortiq mablag‘ o‘g‘irlagan”, - deyiladi hisobotda.
Ma'lum bo‘lishicha, qo‘lga olinganlarning 18 nafari hibsga olingan, uch nafari hududni tark etmaslik haqidagi tilxat asosida qo‘yib yuborilgan. Jinoiy ishga aloqador shaxslar Moskva tergov mahkamalariga keltirilgan.
Ayni paytda “Jinoiy uyushmalarni tashkillashtirish va ularda ishtirok etish” hamda “Kompyuter axboroti sohasida tovlamachilik” moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.