Euro-2016 turniriga tayyorgarlik doirasida Rossiya terma jamoasi Avstriyaning Insburk shahrida Chexiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘yinning 6-daqiqasidayoq rossiyaliklar hujumchii Aleksandr Kokorin hisobni ochdi. Chexlar esa ikkinchi bo‘limni boshida hisobni tenglashtirdi, jamoa sardori Tomash Rositski Gilermeni ozij qoldirdi. 90-daqiqada esa Moskvaning TsSKA jamoasi sobiq futbolchisi Tomash Netsid g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Ushbu o‘yinda "Shalke" futbolchisi, Rossiya fuqaroligini qabul qilgan germaniyalik Roman Noyshtedter debyut qildi. Leonid Slutskiy shogirdlari 5 iyun kuni Monakoda Serbiyaga qarshi yana bir o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.
Insbruk (Avstriya)
O‘rtoqlik uchrashuvi
Chexiya – Rossiya – 2:1 (0:1)
Gollar: Kokorin, 6 (0:1). Rositski, 49 (1:1). Netsid, 90 (2:1).
Chexiya: Chex, Gebreselassiye, Xubnik (Sivok, 46), Kadlets, Limberski (Kaderjabek, 64), Dochkal (Skalak, 41), Darida, Pavelka (Plashil, 46), Rositski (Kolarj, 85), Kreychi, Lafata (Netsid, 46).
Rossiya: Lodigin (Gilerme, 46), Smolnikov, Berezutskiy (Noyshtedter, 64), Ignashevich, Torbinskiy (Kombarov, 64), Denisov, Shatov, Ivanov (Golovin, 64), Kokorin (Samedov, 64), Dzyuba (Mamayev, 46), Smolov.