Ukraina Oliy Radasi raisi Andrey Parubiy dekommunizatsiya to‘g‘risidagi qonun ijrosi doirasida Poltava viloyati hududidagi Komsomolska shahrining qayta nomlanishi bo‘yicha qarorni imzolagan. Bu haqda u o‘z tvitterida xabar qilgan.
Qarorga ko‘ra Komsomolskadan tashqari yana 277ta aholi turar joylari va 9ta tuman nomi, shuningdek Poltavadagi Gorishni Plavni nomi ham o‘zgaradi.
Hujjatga ko‘ra, Sovet davridan qolgan eski nomlar o‘rnini Ukrainaning buguni hamda mamlakat ozodligi uchun kurashgan shaxslar bilan bog‘liq nomlar egallaydi.
Bundan oldinroq, Rada Dnepropetrovsk shahri nomini Dnepr etib o‘zgartirgandi.