Polsha prezidenti Anjyey Duda feysbukda ijtimoiy tarmoqlarda rafiqasi Agata Dudaning ularning Norvegiyaga safarlaridan keyin uchta qo‘l bilan tushgan suratining paydo bo‘lishini tushuntirdi.
"Oslodagi surat retushlanmagandi. "Uchinchi" qo‘l Norvegiya qo‘riqlash xizmati xodimasining qo‘li edi", deb aytdi Polsha prezidenti va rafiqasida "ortiqcha" qo‘lning paydo bo‘lganining kadrma-kadr tasvirini ilova qildi.
Suratlar paydo bo‘lganda bir qator foydalanuvchilar "ortiqcha" qo‘l suratlarni omadsiz retush qilingani sababli paydo bo‘lgani haqidagi fikrni aytishgandi.