Pentagonda o‘tgan dam olish kunlari AQShning ikki harbiysi yaralangani ma'lum qilindi. Ulardan biri Suriyada, ikkinchisi Iroqda yaralangan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Ular front chizig‘ida bo‘lishmagan, faol jangovor harakatlarga jalb qilinmaganlar, biroq ikki vaziyatda ham tasodifan yarador bo‘lishgan", deb aytdi Pentagon vakili kapitan Jyeff Devis.
Devis harbiylar qo‘shinning qaysi turiga mansub bo‘lganlarini aytmagan.