OPeK konferensiyasi arafasida neft narxi arzonlashdi

Iqtisodiyot 19:58 / 01.06.2016 4737

2 iyun kuni ochiladigan OPeK konferensiyasi yakunlari bo‘yicha bozor uchun ijobiy yangiliklar kutilmayotgani sababli neft narxi pasayishda davom etmoqda.

Londonning ICE Futures birjasida avgustda yetkazib beriladigan Brent turidagi neft narxi 1 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:55da 0,8 foizga pasayib, bir barreli uchun 49,51 dollarni tashkil etgan.

Iyul oyida yetkaziladigan WTI turidagi neft bahosi esa Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) 0,7 foizga pasaygan va bir barreli 48,75 dollardan sotilgan.

Ko‘proq yangiliklar: