AQShdagi hayvonot bog‘ida bir necha kun avval gorilla qafasiga tushib ketgan 4 yoshli bolaning otasi katta jinoiy o‘tmishga ega retsidivist bo‘lib chiqdi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Ma'lum qilinishicha, 36 yoshli Deon Dikerson o‘qotar qurollarga egalik qilish, narkojinoyatlar, odam o‘g‘rilashlar, jinoiy tajovuz, jamoatchilik tartibini buzish, o‘g‘riliklar uchun bir necha marotaba sudlangan bo‘lgan.
O‘tgan haftada Tsintsinnati hayvonot bog‘i xodimlari bolakay gorilla qafasiga tushib ketgach, 17 yoshli Xarambe laqabli gorillani otib o‘ldirishgandi.
Bolaning onasi "ko‘ngilsizliklar bo‘lib turishini" aytgandi.
Avvalroq 160 mingdan ko‘proq kishi bolaning ota-onasini jazolash talab qilingan arznomani imzolashgandi.