Morata: «Real»ga qaytishni istardim, ammo Angliyadan jozibador takliflar bor»

Sport 15:41 / 01.06.2016 3134

«Yuventus» jamoasi hujumchisi Alvaro Morata o‘z kelajagi borasidagi rejalari haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Umid qilamanki, mening yangi jamoam nomi 13 iyun kunigacha, Yevropa chempionatidagi ilk o‘yinimizgacha ma'lum bo‘ladi. Qachonki qo‘ng‘iroq kutib yashasang, bu ahvolda terma jamoaga keraklicha yordam berishing va faqat o‘yin haqida o‘ylashing qiyin bo‘ladi.

Men «Real»ga qaytishni va jamoa muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shishni istardim. Ammo hozir bu jamoada kuchli futbolchilar to‘p surishmoqda. Men keyingi mavsumda asosiy tarkibdan joy kafolatlangan jamoada o‘ynashni istayman.

Hozirda Angliya chempionatidagi jamoalardan bir necha jozibali takliflar bor, gap takliflarning moliyaviy jihatlarida emas. O‘ylaymanki, birinchi navbatda mening o‘yin uslubim ham APLga mos keladi.

Lekin bu gaplarni «Yuventus»ni tark etishni istayotganimdan aytayotganim yo‘q. Turinda o‘tkazilgan damlar haqida faqat yaxshi gaplar aytishim mumkin, lekin menimcha ingliz jamoasi safiga o‘tish mening faoliyatimda ortga qadam tashlash bo‘lmasa kerak deb o‘ylayman», — deydi Morata.

Bundan oldinroq, ushbu futbolchi «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Yunayted» jamolari qiziqishlari doirasida ekani haqida xabarlar berilgandi. 

Londonliklar uni 50 mln yevroga transfer qilib, jamoaning eng ko‘p maosh to‘lanuvchi futbolchisiga (haftasiga 150 ming funt) aylantirishga tayyorligi bildirilgan.

«Real» ushbu 23 yoshli futbolchining 30 million yevro evaziga qaytarib olish huquqiga ega.

Ko‘proq yangiliklar: