Mejdurechenskdagi fojiadan yarim kun o‘tgach qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi

Jahon 09:00 / 01.06.2016 3699

Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi Mejdurechensk shahridagi turar joy binosining pod'yezdi qulab tushgan joyda qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Qidiruv-qutqaruv ishlari 12 soat davom etdi, bunday hajmdagi ishlar uchun juda tezlik bilan yakunlandi. Viloyat hukumati ham katta yordam ko‘rsatdi", deb ma'lum qildi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Sibir viloyati bosh boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Irina Butenko.

Kuzbass huquq-tartibot muassasalaridagi manba halok bo‘lganlar shaxslari aniqlanganini ma'lum qildi, ular bir erkak va ayol bo‘lgan.

31 may kuni Mejdurechenskda 5 qavatli uyning pod'yezdi qulab tushdi. Fojia oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan. Ushbu noxush hodisa yuzasidan qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarining buzilishi moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Ko‘proq yangiliklar: