Rossiya huquq-tartibot idoralari, ommaviy qirg‘in qurollarining tarkibiy materiallari yoki unni ishlab chiqish va uzoq masofaga yetkazish qurilmalariga oid ma'lumotlarni xorijga noqonuniy olib chiqish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» ushbu jarayon bilan tanish manbasiga asoslangan holdi.
«Rossiya jinoyat kodeksi 189 moddasi 3 bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, qamoqqa olishlar va hibsda ushlash amaliyotlari amalga oshirilgan», — degan agentlik manbasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap uyushgan jinoiy guruh haqida bormoqda. U, allaqachon axborotlarning bir qismini xorijga yuborishga ham ulgurgan. Ayni vaqtda, surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Axborot agentligi, mazkur ma'lumotlarni tasdiqlovchi rasmiy xabarga ega emasligini ta'kidlagan.