Latviya armiyasida harbiy hududlar ustida uchuvchisiz parvoz qurilmalarini urib tushirishga ruxsat beriladi

Jahon 23:34 / 01.06.2016 3511

Latviya armiyasida harbiy obektlar ustida yoki ular yonida aniqlangan uchuvchisiz parvoz qurilmalarini urib tushirishga ruxsat beriladi, deb xabar bermoqda Delfi.

Bunday qaror Latviya parlamentida xalq xo‘jaligi, agrar savollar, muhit va mintaqaviy siyosat bo‘yicha komissiyaning yakuniy o‘qilishida qabul qilindi.

Ta'kidlanishicha, tegishli o‘zgarishlar "Aviatsiya to‘g‘risida"gi qonunga kiritiladi.

Qonun loyihasida ko‘rsatilishicha, milliy qurolli kuchlar sardori yoki vakolatli shaxs uchuvchisiz parvoz qurilmalarini o‘qotar qurol qo‘llagan holda majburiy qo‘ndirish yoki yo‘q qilish borasida qaror qabul qiladi. Harbiylar agar uchuvchisiz parvoz qurilmasi harbiy obektlar yoki ular yaqinida, taqiqlangan havo hududlari, Latviya armiyasi ehtiyojlari uchun kerak bo‘ladigan vaqtinchalik zaxiralangan yoki cheklangan hududlarda bo‘lsa bunday choralarga borishi mumkin.

Aprelda Latviya ichki ishlar vazirligi huquq-tartibot muassasalari qoidani buzuvchi uchuvchisiz parvoz qurilmalarini tutishiga hech narsa yo‘qligini aytgandi. Vazirlikda havo qoidabuzarlarini tutish to‘rini yaratish uchun davlat byudjyetidan 180 ming yevro ajratish zarurligi ta'kidlab o‘tilgan.

Ko‘proq yangiliklar: