AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton o‘zining partiya bo‘yicha raqibi, senator Berni Sanders bilan birga AQSh prezidenti lavozimiga saylovlarda respublikachi Donald Tramp yutmasligi uchun barcha imkoni bor narsani amalga oshirishini ma'lum qildi.
Klinton CNN telekanaliga bergan intervyusida o‘z partiyasi – Demokratik partiyani jipslashtirish uchun nima qilishga tayyorligiyu, Vermontni bildiruvchi senator Sanders nima qilishi kerakligi haqidagi savolga jvob berdi.
"Men Demokratik partiyani birlashtirish uchun barcha imkoni bor ishni amalga oshiraman. Bizning kampaniyalar bir-biri bilan tutashadi", deb aytdi AQShning sobiq Davlat kotibi.
Klintonning aytishicha, ular Sanders bilan birga "Tramp Oq uyga yaqinlashmasligi uchun barcha ishni amalga oshirishadi".
Avvalroq Nyu-Meksiko shtatining sobiq gubernatori Geri Jonson prezident lavozimiga birinchi yakka rasmiy nomzod bo‘lgani ma'lum qilingandi. Jonson libertarian partiyasidan nomzodini qo‘ygan.