Kitob tumanida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 22:30 / 01.06.2016 8102

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi “Yosh alangachi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda. 

Ishtirokchilar sohaga doir bilimi, fuqaro muhofazasi va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish, daryodan arqon yordamida o‘tish hamda belgilangan vaqtda palatka yoyish, favqulodda vaziyatlarda zarur bo‘ladigan jismoniy mashqlarni bajarish, 60 metr masofaga to‘siqlar osha estafetali yugurish kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

Andijon viloyatining “Boburiylar” jamoasi birinchi o‘rinni egallab, maxsus kubokni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Qashqadaryo viloyatining “Madadkor”, uchinchi o‘ringa Toshkent viloyatining “Bunyodkor” jamoasi sazovor bo‘ldi. 

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Tadbir taniqli estrada xonandalari ishtirokidagi konsert bilan yakunlandi.

Ko‘proq yangiliklar: