Har bir abituriyent tayyorlanishning o‘ziga mos va qulay usulini tanlaydi: repetitor, fakultativ mashg‘ulotlar, o‘quv darsliklari bo‘yicha mustaqil tayyorgarlik. Endilikda esa imtihonlarga on-layn tayyorlanish usuli tanilib bormoqda.
Kirish imtihonlariga Internet orqali tayyorlanish – muntazam mashq qilish, natijalarni kuzatish, bilimlardagi “uzilishlar”ni inobatga olib, tayyorlanish rejasini tuzish. Itest loyihasi jamoasi o‘quv markazlari bilan hamkorlikda nazariy asos hamda turli yo‘nalishlardagi 7000dan ortiq testni jamlagan ajoyib dasturni yaratdi. Itest mashg‘ulotlari odatdagilardan samaraliroq, qulayroq va 2-3 barobar yaxshiroqdir.
Itest bilan tayyorlanish – bu:
- siz uchun qulay vaqtdagi mashg‘ulotlar;
- eng yaxshi o‘qituvchilarning on-layn konsultatsiyalari;
- samaradorlik;
- yoqimli narx.
Uy sharoitida test sinovidan o‘tish
Sinov imtihonidan uydan chiqmay o‘tish mumkin. Hammasi oddiy - www.itest.uz saytiga kiring, registratsiyadan o‘ting, o‘zingiz istagan oliy o‘quv muassasasi va fakultetni tanlang, on-layn testdan o‘ting hamda darhol natija va o‘tgan yilgi o‘tish ballini bilib oling.
Dastur qaysi savollarga noto‘g‘ri javob berilganini ko‘rsatadi, shu tariqa bo‘lajak talaba qaysi yo‘nalishdagi bilimlarini mustahkamlashi kerakligiga doir tavsiyalar oladi. Testdan o‘tishning o‘sish dinamikasi va sinov tahlili jam bo‘lgan barcha natijalar shaxsiy kabinetda saqlanadi. Bu jarayonni muvofiqlashtirish hamda kirish imtihonlariga tayyorlanish darajasini amalda oshirish imkonini beradi.
Yoqimli bonus: registratsiyadan keyin abituriyent imtihonga tayyorgarlik ketuvchi tizimni tushunib olishi uchun sinov testidan bepul o‘tadi.
Statistikaga ko‘ra, o‘quvchilarimizning aksariyati imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, mamlakatning eng yaxshi oliy ta'lim muassasalari talabalari qatoridan o‘rin egallashmoqda.