Sharqiy Xitoydagi litiyli akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi. Portlash natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, 18 kishi esa jarohatlangan. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.
Voqea Tszyansu provinsiyasining Tsidun shahridagi “Xaysida” zavodi omborxonasida yuz bergan.
Ma'lum bo‘lishicha, jabrlanganlarning sakkiz nafari o‘t o‘chirish xizmati xodimlaridir. Umuman olganda, 20 kishi jarohatlangan, ammo ulardan ikki nafari kuchli kuyish natijasida vafot etgan.