Germaniyada poyezd tagida qolgan 91-yoshli kampir tirik qoldi

Jamiyat 15:51 / 01.06.2016 6485

Germaniyaning Quyi Saksoniya federal yerida, 91 yoshli nafaqaxo‘r ayol ikki rels o‘rtasida qulay joylashib olish orqali ekspress poyezdi ostida halok bo‘lishdan qutilib qoldi, deb yozmoqda The Local nashri. U jiddiy jarohat olmagan. 

Nashrning yozishicha, voqea Langvedel stansiyasini kesib o‘tayotgan qariya ayol bilan yuz bergan. U soatiga 160 km tezlikda kelayotgan poyezd yo‘lini kesib o‘tishga ulgurmasligini anglagach, qo‘lidagi temir dastagini o‘z ustiga joylagan holda, ikki rels orasiga yotib olgan. 

Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, boshqa bir poyezdni boshqarayotgan mashinist ayolni ko‘rib qolib, tez yordamni chaqirgan. Uning hayotiga hech narsa tahdid solayotgani yo‘q. 

Politsiya xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, odatda bu kabi holatlarda jiddiy jarohat yoki o‘limdan qutilib bo‘lmaydi. Chunki relslar oralig‘idagi kishini poyezd ezg‘ilab ketishi yoxud libosi shassi detallariga ilinib qolishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: