Germaniyaning janubidagi Bavariya federal yerida joylashgan Rottal-Inn tumanidagi uchta aholi punkti rahbariyati kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan toshqinlar sababli trevoga rejimini e'lon qilishdi.
Eng jiddiy vaziyat Triftern kommunasida kuzatilmoqda. "Oxirgi soatlarda vaziyat keskin yomonlashdi", deb ma'lum qildi burgomistr Valter Chex. 5 ming kishilik bu aholi punktida yagona maktab va ikkita bolalar bog‘chasi toshqin ostida qolgan. Burgomistr maktab binosiga olib boruvchi yo‘llardan o‘tib bo‘lmasligi sababli maktab o‘quvchilari tunni sport zalda o‘tkazishlariga to‘g‘ri kelishini aytdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videoyozuvlarga ko‘ra, Triftern markazidlagi ko‘plab ko‘chalar suv ostida qolgan. Ayni vaqtda qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilmoqda, unda vertolyotlar jalb qilingan. "Ba'zi uylar bir metrga suv ostiga ketgan", deb aytdi mahalliy politsiya vakili.
Trevoga e'lon qilingan boshqa ikkita aholi punkti – Zimbax-am-Inn va Tannda kvadrat metr maydonga 45 litr yog‘ingarchilik tushgan.
Germaniya janubi va janubi-g‘arbi joriy haftada kuchli yog‘ingarchilik va shamol olib kelgan kuchli siklon ta'siri ostida qoldi. Ayni vaqtda 4 kishi halok bo‘lgani ma'lum.