Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi qabul tartibini o‘zgartirdi

O‘zbekiston 15:15 / 01.06.2016 5244

Toshkentdagi Fransiya elchixonasi 20 iyundan boshlab vizaga hujjatlarni topshirish maqsadida viza bo‘limi qabuliga yozilish uchun Telefon xizmat va ma'lumot markazi ochilishi haqida e'lon qilgan.

Elchixona tomonidan ushbu yangi tartibning o‘rnatilishidan maqsad vizaga hujjatlarni topshiruvchi shaxslarga sifatli va tezkor ma'lumot yetkazish hamda viza bo‘limida qabul qilish sharoitlarini yaxshilashdan iborat.

Viza bo‘limiga yozilish masalalari bilan «TLS Contact» kompaniyasi shug‘ullanadi.

20 iyungacha viza bo‘limiga tashrif buyuruvchilarni qabul qilish tartibi o‘zgarishsiz qoladi: oldindan qabulga yozilmasdan dushanbadan jumagacha soat 09.00 dan 12.00 gacha.

Yangi tizimga moshlashish uchun unga o‘tish davri 23 iyungacha davom etadi. 23 iyundan keyin «TLS Contact» kompaniyasi orqali oldindan yozilmagan tashrif buyuruvchilar viza bo‘limida qabul qilinmaydi.

«TLS Contact» kompaniyasi bilan bog‘lanishga oid ma'lumotlar hamda qabulga yozilish autsorsing tizimining joriy qilinishiga oid qo‘shimcha ma'lumotlar yaqin kunlarda e'lon qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: