Fransiya Misrga birinchi "Mistral" vertolyot tashuvchi kemasini 2 iyunda topshiradi, deb xabar bermoqda Paris Normandie.
Ta'kidlanishicha, Misrga mamlakatning ikkinchi prezidenti Jamol Abdulnasr nomini olgan ikkita kemadan birinchisini topshirish marosimi Sen-Nazer portida Fransiya mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian ishtirokida o‘tadi.
Ushbu jarayonga yaqin manba ma'lumotlariga ko‘ra, bir necha kundan keyin kema 180 nafar misrlik dengizchilar bilan portni tark etadi.
Ikkinchi kema esa Misr davlat arbobi, Misrning sobiq prezidenti marshal Anvar Saodat nomi bilan ataladi.
Ta'kidlanishicha, kema 700 nafargacha qo‘shin, vertolyot, harbiy katerlar, tank va 60 tagacha avtomobilni sig‘dira oladi.
Misrga topshirilayotgan kemalar dastlab Rossiyaga mo‘ljallangan bo‘lgan. Rossiya Fransiyaga kemalar uchun 2011 yilda buyurtma bergan edi, biroq 2014 yilda Parij Ukrainadagi vaziyat sababli Rossiyaga kemalarni berishni to‘xtatib qo‘ygandi. 2015 yil avgustda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan kemalarni qurish va yetkazib berish bo‘yicha shartnomani bekor qilish va Rossiyaga to‘langan pulni qoplab berish bo‘yicha qaror qabul qilishgan.