Fransiya EgyptAir samolyoti "qora qutisi" signali aniqlanganini tasdiqladi

Jahon 19:35 / 01.06.2016 2921

Fransiyaning O‘rta Yer dengizi hududidagi kemasi EgyptAir aviakompaniyasining qulab tushgan samolyotining "qora qutisi" (bort o‘ziyozarlari) signalini tutishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Agar u o‘rnashgan joy aniqlansa, uni yuzaga chiqarib olish bilan Deep Ocean Search kompaniyasi shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, MS804 reysi bilan Parijdan Qohiraga uchayotgan EgyptAir aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti 19 may tongida O‘rta Yer dengizi ustida radarlardan g‘oyib bo‘lgan edi. Uning bortida 56 yo‘lovchi va ekipajning 10 nafar a'zosi bo‘lgan. Shundan 30 kishi Misr fuqarosi, 15 kishi fransiyalik va qolgan 11 kishi boshqa mamlakat fuqarolari edi.

Keyinroq dengizdan samolyot bo‘laklari topildi.

Ko‘proq yangiliklar: