Farg‘onada injiniring kompaniyasi direktori pora olish chog‘ida qo‘lga tushdi

Jamiyat 22:19 / 01.06.2016 9281

O‘zbekiston MXX xodimlari poraxo‘rlikka qarshi kurash marosimlari doirasida Farg‘ona viloyati hokimiyati qoshidagi «Slujba yedinogo zakazchika» injiniring kompaniyasining 62 yoshli direktori Muxtor Alixonov qo‘lga olingan.

Uning tovlamachilik harakatlari haqida huquq-tartibot organlarini «Eksklyuziv stroy Fergana» MChJ rahbari N.Vaqqosov xabardor qilgan. Uning murojaati asosida tezkor guruh shakllantirilgan va Alixonov 5 ming dollar miqdoridagi porani olish chog‘ida ushlangan.

U «Eksklyuziv stroy Fergana» MChJ firmasidan qurilish obektlari uchun tenderda yordam berish evaziga pora so‘ragandi. Ayni vaqtda bu ish bo‘yicha Jinoyat kodeksining 210 moddasi ("Pora olish") bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: