Yevropa Ittifoqi kengashi Tunisga 500 mln dollarlik makromoliyaviy yordam ajratilishini ma'qulladi. Bu haqda kengash matbuot xizmati ma'lum qildi.
"2016 yil 1 iyunda Doimiy vakillar qo‘mitasi Kengash nomidan Tunisga maksimum 500 mln yevro makromoliyaviy yordam ajratilishi qarorini ma'qulladi", deb aytilmoqda Yevropa Ittifoqi kengashida.
Hujjatda aytilishicha, bu mablag‘lar "Tunisning iqtisodiy barqarorligi va islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlab, tashqi moliyalashtirish defitsitini qisqartirishga ko‘mak beradi". "Yordam puli 2016 yil 20 mayda Tunis uchun 2,9 mlrd dollar ajratilishi bo‘yicha kelishuvni uzaytirgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan birga taqdim qilinadi", deb ta'kidladi Kengash.
Kengash matbuot xizmatida "yordam ikki yarim yil davomida uch bosqichda ajratiladigan kreditlar ko‘rinishida taqdim qilinishi" ta'kidlab o‘tildi. "Kreditlar 15 yillik maksimal qaytarilish muddatiga ega bo‘ladi", deyilmoqda hujjatda.
Ma'lum qilinishicha, YeI kengashining bu qarori 6-9 iyunda yalpi sessiyada Yevroparlament tomonidan ma'qullanishi kerak.