«Ash-Shabob» jangarilari Somali poytaxtidagi mehmonxonaga hujum qilishi natijasida kamida 10 kishi halok bo‘ldi

Jahon 22:27 / 01.06.2016 3922

«Ash-Shabob» jangarilari Somali poytaxti Mogadisho shahridagi Ambassador mehmonxonasiga hujum uyushtirdi.

Hududda portlashlar va otishmalar sodir bo‘lgan.

RIA Novosti agentligi xabariga ko‘ra, bu hujum qurbonlari soni ayni vaqtda 10 nafar.

Ma'lum qilinishicha, jangarilar mehmonxona darvozasi oldida avtomobil portlatishgan.

Portlashdan so‘ng shahar osmoniga tutun ko‘tarilib, otishma sadolari yangray boshlagan.

Somali hududida harakatlanadigan «Ash-Shabob» tashkiloti «Al-Qoida» bilan qalin aloqalarga ega. Bu guruh bir necha marta mamlakat hududidagi BMT qarorgohlariga hujum uyushtirgan. AQSh bu guruhni 2008 yili xalqaro terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritgan.

Ko‘proq yangiliklar: