Yaponiyada Mitsubishi savdosi may oyida 75 foizga tushib ketdi

Iqtisodiyot 15:19 / 01.06.2016 2612

Yaponiyada Mitsubishi avtokonsernining kichiklitrajli avtomobillari savdosi may oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 75 foizni tashkil etdi, deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi.

Bunga kompaniya o‘z mahsulotlarining yoqilg‘i sarfiga oid ma'lumotlarni qalbakilashtirishi bilan bog‘liq mojaro sabab bo‘lgan. 

Mitsubishi Motors kompaniyasi shu yilning aprel oyida 1991 yildan e'tiboran 25 yil mobaynida o‘z avtomobillari va ularning g‘ildiraklari bilan yo‘lqoplamasi orasidagi ishqalanish kuchi, shamol qarshiligiga oid ko‘rsatkichlarni qalbakilashtirganini tan olgan edi. Bularning bari, avtomobil yoqilg‘i sarfi ko‘rsatkichiga ta'sir qiladi. Bunda kompaniya davlat talablarini qo‘pol ravishda buzgan. 

Natijada texnik bayonnomada keltirilgan raqamlar bilan haqiqiy yoqilg‘i sarfi o‘rtasidagi farq 15 foizgacha yetgan. Mitsubishi modellaridan tashqari, Nissan Motor konserni bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan DAYZ va DAYZ ROOX modellariga oid ma'lumotlar ham soxtalashtirilgan. Shu sabab, Nissan Motor’ning may oyi savdolari 76,8 foizga qisqargan.

Ko‘proq yangiliklar: