Softbank Group Corp Yaponiya telekommunikatsion kompaniyasi Alibaba Group Holding Ltd Xitoy internet-kompaniyasidagi 4 foiz aksiyalarini 2 milliard dollarga sotish va shu orqali kompaniyadagi ulushini 28 foizgacha kamaytirish niyatida. Bu haqda Alibaba ma'lumotiga tayanib RIA Novosti xabar qildi.
Aktsiyalarni Alibaba Group bosh kompaniyasi sotib oladi. Softbank kompaniyasi bitimni pul vositalari yordamida moliyalashtirmoqchi. Ushbu savdoga qo‘shimcha sifatida Alibaba Partnership bo‘linmasi SoftBank bilan bosh kompaniyadan 400 million dollar miqdorida qo‘shimcha aksiyalar sotish to‘g‘risida shartnoma imzolaydi.
Softbank kompaniyasi 2000 yilda Alibaba xitoy kompaniyasini moliyalashtira boshlab, kompaniyaning eng yirik aksioneriga aylangan. Ushbu bitim yapon firmasi uchun pul mablag‘larini yig‘ib olish hamda qarzini kamaytirish uchun zarur. Mazkur shartnoma SoftBank kompaniyasining Alibaba aksiyalarini sotish bo‘yicha birinchi savdosi.
Elektron kommersiyaga ixtisoslashgan Alibaba kompaniyasini 1999 yili Jyek Ma tashkil etgan. Ushbu tizim orqali eBay, Amazon va PayPal alohida funksiyalarini mujassamlashtirgan xizmatdan foydalanish mumkin.