24 yil oldin uyidan qochib chiqqan va o‘ldiga chiqarilgan ayol Tula viloyatidan topildi. Bu haqda IIV mintaqaviy boshqarmasi xabar bermoqda.
27 may kuni mahalliy politsiya xodimlari Tuladagi Kreml xiyobonida uxlab yotgan bolakayni ko‘rib qoladi. Uning yonida kattalardan hech kim yo‘q edi. Ammo biroz vaqt o‘tib, bolakayning yoniga ikki nafar bolani yetaklagan ayol keladi va uni o‘z farzandi ekanligini ma'lum qiladi.
Ayol o‘zini Yuliya Nikolayevna G deya tanishtiradi, biroq shaxsini tasdiqlaydigan hujjat taqdim eta olmaydi. U politsiyaga tug‘uruqxona bola ko‘rganligi haqida bergan ma'lumotnomani ko‘rsata oladi, xolos. Politsiya ayolni markaziy bo‘limga olib ketadi va shaxsini aniqlashtiradi. Ularning aniqlanishicha, Yuliya 1979 yilning 6 aprelida tug‘ilgan bo‘lib, bir necha yillar muqaddam o‘ldiga chiqarilgan ekan.
Politsiya xodimlari bolalarni shifoxonaga jo‘natib, onaning yaqin qarindoshlarini izlashga tushishgan. Ular Yuliyani taniydigan odamlardan ayol Vologdada tug‘ilganligini bilib olishadi. Ota-onasi bilan chiqisha olmay uydan chiqib ketgan ayol, 13 yil davomida qidiruvda bo‘lgan. 2005 yilda Vologda sudi uni o‘lgan deya, e'lon qilgan edi.
Yuliyaning onasi Tulaga kelgan va ayollar bir-birini tanishgan.