Turkiyaning janubi-sharqida taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi a'zolariga qarshi o‘tkazilgan aksilterrorchilik operatsiyasi davomida 6320 ta uy vayron bo‘lgan, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush ma'lum qildi. Uning aytishicha, ularni tiklash deyarli 300 mln dollarga aylanadi.
"Sur, Silopi, Jizra, Idil va Yuksakova tumanlarida vayron bo‘lgan uylar soni 6320 tani tashkil qiladi. Bu 11 mingtaga yaqin kvartira", deb aytdi Kurtulmush Anqaradagi matbuot-anjumanida.