«Atletiko» jamaosi bosh murabbiyi Diyego Simeone klubni tark etish haqida o‘ylamoqda.
As nashri ma'lumotiga ko‘ra, argentinalik ushbu mutaxassis jamoa rahbariyatiga bir qator talablar qo‘ygan. Shulardan biri sifatida murabbiy yuqori saviyali futbolchilarni tarkibga jalb etish uchun zarur mablag‘lar so‘rash keltirilgan.
«Atletiko» rahbariyati Simeonening talablarini qondirishga rozi bo‘lmoqda. Yozda jamoa «Benfika»dan Nikolas Gaytanni transfer qilishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, klub murabbiyga Jyekson Martinesning Xitoy jamoasiga transfer qilinishidan tushgan 42 million yevroni boshqa futbolchi olish uchun berishni va'da qilgan. Ayni vaqtda jamoaning sobiq hujumchisi Diyego Kosta Londondan Madridga qaytishi ehimoli yuqori bo‘lib turibdi.
«Atletiko» Simeone bilan shartnomani uzaytirib, uning maoshi miqdorini oshirishni rejalashtirgan.