Samsung kompaniyasi yuqori qo‘rsatish qobiliyatiga ega 5,5-dyuymli AMOLED-panelni namoyish qildi. Bu panel ekran sifatida smartfondan foydalanuvchi virtual reallik qurilmalarida virtual reallik kontentini ko‘rish uchun mo‘ljallangan. High Resolution for VR deb nom olgan yangilik San-Frantsiskodagi SID Display Week anjumanida taqdim qilindi.
U rang palitrasining 97 foizini qamrab oladi, maksimal yorug‘lanishi 350 nitni tashkil qiladi. Bundan tashqari, yangi displey rekord darajadagi zichlik – bir dyuymga 806 nuqtani tashkil qiladi.
Mobil sanoati 750r ko‘rsatish qobiliyatidan (1280x720 piksel) 1080r ga (1920x1080) o‘tganiga bir necha yil bo‘lganiga qaramasdan, undan yuqoriroq 4K (3840x2160) ko‘rsatish qobiliyatiga talab oxirgi yilda ancha oshdi. Bunga sabab – jadallik bilan rivojlanayotgan VR-qurilmalar bozoridir, bu yerda tasvir virtual muhitga cho‘mishda ijobiy tajribaga ega bo‘lish uchun muhim ahamiyatga ega.
4K ko‘rsatish qobiliyatiga ehtiyoj Google kompaniyasi Android uchun VR-platforma – Daydream’ni e'lon qilgandan keyin dolzarblashdi. Bu platforma dasturiy ta'minotdan tashqari Android-qurilmalarda VR-kontentni ko‘rsatish mumkin bo‘lgan qurilmalarga ham bir qator ko‘rsatkichlarni qo‘yadi.
Aynan nisbatan yuqori bo‘lmagan ko‘rsatish qobiliyati o‘zining ekrani bo‘lmagan, ekran rolini smartfon bajaruvchi VR-ko‘zoynaklar (Samsung Gear VR, Google Cardboard, Loop VR va boshq.) imkoniyatini cheklaydi. Galaxy Note 5 yoki Galaxy S7 smartfonlarida QHD-displeylar borligiga qaramasdan, ularning ko‘rsatish qobiliyatini (2560x1440) yetarlicha deb bo‘lmaydi.