Putin YeOII majlisida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga keldi

Jahon 12:14 / 31.05.2016 7023

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston poytaxti Ostona shahriga yetib keldi va prezident saroyi "Akorda"ga joylashdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘z saroyida Rossiya rahbarini kutib olgan.

Putin safari davomida Nazarboyev bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. U shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) kengashining oliy darajadagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Unda Putindan tashqari Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston davlat rahbarlari: Nursulton Nazarboyev, Aleksandr Lukashenko, Almazbek Atambayev hamda Serj Sargsyan qatnashadi. 

Majlisda Iqtisodiy ittifoq faoliyatiga oid joriy masalalar hamda uning boshqa xorijiy mamlakatlar bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga oid mavzular ko‘rib chiqiladi.

Ko‘proq yangiliklar: