Nadejda Savchenko jurnalistlarni shoqollarga tenglashtirdi

Jahon 13:55 / 31.05.2016 5881

Rossiyada jurnalistlar o‘limida ayblanib, so‘ng prezident Putin tomonidan afv qilinib, qo‘yib yuborilgan Ukraina fuqarosi Nadejda Savchenko Kiyev aeroportiga qo‘nishi bilan uni o‘rab olgan matbuot vakillarini shoqollarga tenglashtirdi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.

Kiyevga qaytgan Savchenkoni aeroport binosi oldida jurnalistlar poylab turishgan hamda chiqishi bilan uni savollarga ko‘mib tashlashgan. Biroq Savchenko ulardan "2 yil kamerada bir o‘zi o‘tarib, odamlar bilan muloqotdan chiqib qolganini" ma'lum qilgan hamda "insonning shaxsiy hududini hurmat qilishni" so‘ragan.

"Eng qiyin vaziyat aeroportda bo‘ldi. Jurnalistlarning telbanamo hujumi, kechirasiz-u, sizlar o‘zingizni it kabi tutdingiz. Jurnalistlarga yomon gapirmaslik kerak deyishsa-da, sizlar o‘zingiz shoqollarga o‘xshab yopirilib, yulib olishga tayyorsizlar", - dedi Savchenko bugun Ukraina telekanali efirida.

Ko‘proq yangiliklar: