Messi ko‘p millionlik soliq to‘lamagani uchun sud oldida javob beradi

Sport 06:59 / 31.05.2016 5444

"Barselona"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi umumiy miqdorda 3,2 mln funt sterlinglik (4,7 mln dollar) soliqni to‘lamagani uchun Barselona sudi oldida javob beradi, deb xabar bermoqda Sky telekanaliga iqtibos keltirgan holda Rambler news service.

Sud jarayoni bugun, 31 may kuni boshlanadi.

Lionel va uning otasi Xorxe Oraso Messi futbolchining 2007 yildan 2009 yilgacha bo‘lgan davrdagi reklama daromadlaridan soliq to‘lamaslik uchun Beliz va Urugvayda bir qator soxta kompaniyalar yaratishda ayblanmoqda.

Messi futbolchilik faoliyatidan oladigan daromaddan tashqari, Banco Sabadell, Danone, Adidas, Pepsico, Procter & Gamble va Kuwait Food Company kompaniyalarining mahsulotini reklama qilgani uchun foyda oladi.

Avvalroq Rio-de-Janeyro sudi "Barselona"ning braziliyalik o‘yinchisi Neymarni soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda aybdor deb topib, unga 46 mln dollar to‘lash majburiyatini qo‘ygandi.

Ko‘proq yangiliklar: