iOS Stickers dasturi orqali Telegram uchun stikerlar qanday yaratiladi?

Fan-texnika 03:13 / 31.05.2016 15479

Telegram uchun stiker yaratishning ikki usuli bor. Birinchisi — Photoshop uchun andoza yuklash, rasmni tanlash va uni kerakli formatda saqlash. Ikkinchisi — iPhone’da Stickers dasturidan foydalanish. Hozir aynan shu usul haqida tushuntirib o‘tamiz. iOS uchun mo‘ljallangan yangi Stickers dasturi Telegram uchun ajoyib stiker-pak yaratishga yordam beradi. 

Smartfondagi suratlardan birini tanlaymiz yoki yangi surat olamiz. Rasmning kerakli qismini belgilaymiz. 

Dag‘al va keraksiz yerlarini o‘chirg‘ich bilan olib tashlaymiz. Hosil bo‘lgan tasvirni baholab, Add it to a pack’ni bosamiz. 

Stickers botli Telegram dasturi ochiladi. Mazkur bot messenjerga yangi stikerlar qo‘shishga javob beradi. Buning uchun buyruq/newpack’ni kiritamiz, o‘z pakimizga nom (ingliz tilida) beramiz. Addsticker buyrug‘i yordamida stikerni qo‘shamiz.

Telegram yangi stikerni qaysi emodziga kiritishni so‘raydi. Mos keladiganini tanlab, botga suratimizni fayl kabi yuboramiz. Bir soat ichida stikerdan foydalanish imkoni paydo bo‘ladi.

Tabriklaymiz! Endilikda siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z smartfoningizda yangi stikerlar yarata olasiz.

Ko‘proq yangiliklar: