Hindistonda o‘q-dori saqlanadigan omborxonadagi yong‘in tufayli 17 askar halok bo‘ldi

Jahon 10:55 / 31.05.2016 2438

Hindistonning shimolidagi Maharashtra shtati, Pulagon shahrida joylashgan Markaziy o‘q-dori omborxonasida yong‘in ro‘y berdi.

Mahalliy nashrlarga tayanib, RT nashrining xabar qilishicha, bu hodisa tufayli halok bo‘lgan askarlar soni kamida 17 nafar, yana 19 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga keltirilgan.

Hodisa vaqtida hududdan 1000 kishi evakuatsiya qilingan. Yong‘in portlashdan so‘ng boshlangani taxmin qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: