Arilar elektr maydonga sezgir chiqib qolishdi

Jamiyat 11:04 / 31.05.2016 5194

Britaniyalik biologlar arilarning elektr maydonga sezgir ekanligini aniqlashdi. Shu mavzuga bag‘ishlangan tadqiqot Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida batafsil yoritilgan. 

Elektroretseptsiya (elektr maydonga nisbatan sezuvchanlik) ko‘plab umurtqali hayvonlarda kuzatiladi. Ularga baliqlar, amfibiyalar va sut emizuvchilarning ba'zi turlari kiradi. Hozirga qadar olimlar umurtqali jonzotlarda elektroepilyatsiyani kuzatishmagan edi, endi esa qovog‘arilarda bu holat kuzatildi. 

Olimlar qovog‘arilarning quruq havodagi zaif elektr maydonlarni sezuvchanlikka sinovdan o‘tkazishdi. O‘tkir uchli elektr zaryadli manbadan foydalanib, biologlar qovog‘arining tuklari mo‘ylovlariga qaraganda maydonga nisbatan sezuvchanligi faolroq ekanligini aniqlashdi. Xususan, qovog‘ari tuklari intensivroq harakatlanmoqda. 

Elektr maydonga sezuvchanlik natijasida tuklarning harakatga kelishi hashorot neyron faolligining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi. Mo‘ylovlarda esa bunday holat kuzatilmadi. Olimlarning fikricha, bu mexanosensor tuklarning yengilligi va qattiqligi bilan izohlanadi. 

Turli hashoratlarning tuklar tuzilishi hamda ularning asab tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘xshash bo‘ladi. Bu boshqa shu kabi hashoratlar ham elektr maydonga nisbatan sezuvchan bo‘lishi mumkin, degan gapdir.

Ko‘proq yangiliklar: