Vashingtondagi Oq uy ma'lum qilinmagan tahdid sababli trevoga bo‘yicha yopildi, deb xabar bermoqda OAVga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Agentlikning xabar berishicha, u bu ma'lumotning rasmiy tasdig‘ini olishga muvaffaq bo‘lmagan, biroq ta'kidlashicha, jurnalistlarga binoni tark etishga ruxsat berilmagan. Shuningdek, ko‘chalarda avariya-qutqaruv xizmatlarining mashinalarini ko‘rish mumkin.
Ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti Barak Obama trevoga e'lon qilingan vaqtda Oq uyda bo‘lgan. Binoda Xotira kuni munosabati bilan tadbir o‘tayotgan bo‘lgan.