FQB tomonidan qidirilayotgan eng xavfli jinoyatchilardan biri AQShda qo‘lga olindi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
Gap aprel oyida o‘zining homilador dugonasini o‘ldirgan Filip Patrik Polikarpio haqida ketmoqda. Los-Anjyelesdan qochib ketganidan beri FQB uning nomini eng ko‘p qidirilayotgan o‘n nafar jinoyatchi qatoriga qo‘shib qo‘ygandi.
FQB rasmiy vakili Lora Aymillerning bergan ma'lumotiga ko‘ra, Polikarpioni o‘tgan yakshanba kuni San-Diyegoda Meksika orqali AQShga o‘tayotganida qo‘lga olishgan.
Associated Press axborot agentligi o‘z navbatida Polikarpioning o‘z "jinoyat tarixi"ga ega ekanligini aniqlagan. 2001 yilda u o‘q uzuvchi qurol bilan zo‘ravonlik ishlatishda ayblangan, ammo oxir-oqibat afv etilgan.