AQSh sobiq bosh prokurori Snouden qilmishini "jamoatchilikka xizmat" deya baholadi

Jahon 11:17 / 31.05.2016 3166

AQSh milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden, maxfiy xizmatlardagi muammolarga e'tibor qaratish bilan Amerika jamoatchiligiga xizmat qilgan bo‘lsa-da, sud oldida qilmishi uchun javob berishi lozim, deb hisoblamoqda Amerika sobiq bosh prokurori Erik Xolder.

Amerika televideniyesida chiqish qilgan Xolderning qayd etishicha, Snouden tomonidan oshkor qilingan ma'lumotlar, AQSh razvedka xizmatlariga putur yetkazgan, shu boisdan ham bu ishni sud ko‘rib chiqishi lozim. 

Ammo Xolderning so‘zlariga ko‘ra, sud majlisi qachondir amalga oshadigan bo‘lsa ham, u Snouden qilmishining ijobiy va salbiy jihatlarini e'tiborga olishi lozim bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, Snouden Amerika milliy xavfsizlik agentligi faoliyatiga oid katta hajmdagi maxfiy ma'lumotlarni jahondagi yetakchi OAVga topshirgan edi. Bu ma'lumotlarning oshkor bo‘lishi esa, xalqaro mojarolarga sabab bo‘ldi. Xususan, Snouden ma'lumotlarida, agentlik dunyoning 35 davlati rahbarlari, jumladan GFR kansleri Angela Merkelning telefon orqali suhbatlarini ham tinglagani to‘g‘risida axborotlar mavjud edi. 

Edvard Snouden 2013 yili Rossiyaga kelib, bu yerda vaqtinchalik boshpana topdi. 2014 yil 1 avgustidan uning muddati 3 yilga uzaytirildi. Bundan tashqari, Snoudenga vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi ham berildi.

Ko‘proq yangiliklar: