Jizzaxda qizlarni Turkiya va Malayziyaga qullikka sotgan uch ayol sudlandi

Jamiyat 12:30 / 30.05.2016 7886

Jizzax viloyati sudi uch ayoldan iborat bo‘lgan jinoiy guruh a'zolariga odamlarni qullikka sotgani uchun 8 yildan 9 yilgacha qamoq jazosi belgiladi. Bu haqda viloyat sudi vakiliga asoslangan holda Sputnik agentligi xabar tarqatgan.

Tergov natijasida kamida o‘nta shunday holat aniqlangan. Bu holatlar jabrlanuvchi ayollarning O‘zbekistonga qaytganidan keyin huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat etishi asosida ma'lum bo‘lgan.

"Bu ayollar kambag‘al oilalardan yosh qizlarni tanlab olib, ularga Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan katta maosh to‘lanadigan ish taklif qilishgan. Aslida esa ular fohishaxonalarga jo‘natilgan", — deya aniqlik kiritgan manba. Xususan bir necha ayollar Turkiya va Malayziya hududiga olib borilgan.

O‘zbekistonda odamlarni chet elga qullikka sotish holatlari tez-tez uchrab tursada, oxirgi yillarda bunday holatlar kamayishi kuzatilmoqda. Xususan, respublikada bunday holatlar 2014 yilda 2013 yilga nisbatan 13 foizga kamaygan. 2014 yilda 1,2 ming kishi odam savdosi qurboni bo‘lgan, shundan 1065 nafari chegaralardan tashqariga olib borib sotilgan (2013 yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 16 foizga kamayish). 2015 yil ma'lumotlari hozircha e'lon qilinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: