24 may kuni O‘zbekiston hukumati qarori bilan mamlakatdagi Oliy ta'lim muassasalari uchun xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqladi (pdf).
«Oliy ta'lim tizimi uchun xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar xarid qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» deya nomlanuvchi ushbu hujjatda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha 5864 nomdagi adabiyotlarni tender savdolari o‘tkazmasdan sotib olish ko‘zda tutilgan. 2020 yilgacha olib kiriladigan adabiyotlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari istisno qilingan holda) ozod qilinadi.
«O‘zsanoateksport» kompaniyasi va Milliy kutubxonaga Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda ikki hafta muddat ichida distribyutorlik kompaniyalari va xorijiy nashriyotlar (mualliflar) bilan xorijiy adabiyotlarni xarid qilish bo‘yicha bevosita muzokaralarni olib borish vazifasi topshirildi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha distribyutorlik kompaniyalari hamda xorijiy adabiyotlar nashriyotlari bilan xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yetkazib berish, shu jumladan 31 mayga qadar OTMlar bakalavriyatining 1-bosqich talabalari, shuningdek 14ta OTM qoshidagi rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tinglovchilari uchun 980 nomdagi adabiyotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolanishi lozimligi belgilangan.
Xorijiy adabiyotlarni sotib olish uchun
O‘zbekiston respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda respublikaning OTMlarining mazkur ehtiyojlari uchun xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa xorijiy donorlar bilan grantlar jalb etish ham rejalashtirilgan.