Bu yil maktablarning 9-sinflarini 476,616ga yaqin o‘quvchi bitirdi. Ularning barchasi litsey va kasb-hunar ta'limi muassasalariga o‘qishga qabul qilinadi.
23 may kuni O‘zbekiston prezidenti qaroriga ko‘ra 2016/2017 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, maktab bitiruvchilarining 443,856 nafari kasb-hunar kollejlariga, 32,76 ming nafari akademik litseylarga o‘qishga qabul qilinadi.
Qarorda qayd etilishicha, O‘zbekistonda 144ta akademik litsey va 1412ta kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatmoqa. O‘z navbatida kasb-hunar kollejlari 37ta filialga ega.